Mustaqilligimizning 35 yilligiga 35 g‘oya

24/08/2026

Talabalarimiz Malayziyaning nufuzli universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etadi!

🌏 Yangi o‘quv yilidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari Malayziyaning Universiti Utara Malaysia (UUM) universitetida akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.



📚 Mazkur dastur talabalarga:
• xalqaro ta’lim muhitida bilim olish;
• xorijiy professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish;
• ingliz tilidagi akademik va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• Malayziya ta’lim tizimi va madaniyati bilan yaqindan tanishish;
• xalqaro tajriba va yangi akademik aloqalar orttirish imkonini beradi.

🤝 Ushbu g’oya institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularni global ta’lim maydoniga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.