Muhandislik tanlovning yakuniy bosqiçiga yōllanma olgan iştirokçilar rōyxati eʼlon qilindi.

01/07/2025

📣 Muhandislik tanlovining 2-bosqiçi yakunlariga kōra Ḡoya, Loyiha va Ixtiro yōnalişlarining har birida Işçi guruh tomonidan baholanib, eng yaxşi deb topilgan iştirokçilar tanlovning Yakuniy bosqiçiga yōllanma oldilar.

🗓 Mazkur bosqiçda har bir ariza Işçi guruh aʼzolari tomonidan individual tartibda baholandi.

❇️ Tanlov joriy yilda birinçi marotaba ōtkazilayotganligi, tanlovga kelib tuşgan arizalar mazmunan ōxşaşligi hamda 30-iyun — “Yoşlar kuni” munosabati bilan yoş muhandislarga qōşimça imkoniyat taqdim etiş maqsadida, Taşkiliy qōmitaning tegişli qaroriga muvofiq, tanlovning 9 ta yōnalişi bōyiça har biridan 15 tadan, jami 135 ta ariza yakuniy bosqiçga ōtkazildi.

Yakuniy bosqiç iştirokçilari rōyxati:
ḠOYA yōnalişi – RŌYXAT (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/06/30/97d0c11d-5f6d-6fbb-ee08-4bb2b16c63be_media_.pdf)
LOYIHA yōnalişi – RŌYXAT (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/06/30/3f29f020-789f-e1ac-2e1d-b843f30be6a6_media_.pdf)
IXTIRO yōnalişi – RŌYXAT (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/06/30/921344ea-9be8-a84b-4274-acedcfded045_media_.pdf)

🔹 Tanlovning yakuniy bosqiçi joriy yilning iyul oyida ōtkazilib, unda iştirokçilari ōz loyihalarini Tanlov komissiyasi huzurida taqdimot qiladilar.

📌 Eslatib ōtamiz tanlov “Eng yaxşi ḡoya”, “Eng yaxşi loyiha” va “Eng yaxşi ixtiro” yōnalişlarida ōtkazilmoqda.

🏆 Ḡoliblar quyidagiça taqdirlanadi:
1-ōrin: elektromobil (9 nafar ḡolib uçun)
2-ōrin: xorijiy mamlakatlarga stajirovka yōllanmasi
3-ōrin: pul mukofotlari

Barça iştirokçilar ōz ballarini muhandis.edu.uz (https://muhandis.edu.uz/)saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali tanişişlari mumkin.