Matbuot xizmati bo‘limi boshlig‘i
SHAMSUTDINOV SHAROFITIN XAYRITDINOVICH
- Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gacha
- Telefon raqami: +998 99 675 58 55
- Email: sharofitdin151@gmail.com
Bo‘limni tashkil etilishi haqida
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibidagi Matbuot xizmati bo‘limi institut rektoring tegishli buyrug‘iga asaosan tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibiga kiradi.
Bo‘lim faoliyati haqida
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Matbuot xizmati bo‘limi institut faoliyatini jamoatchilikka tezkor, xolis va ishonchli yoritish, axborot ochiqligini ta’minlash hamda institutning ijobiy imijini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tarkibiy bo‘linmadir.
Bo‘limning asosiy vazifasi — tezkorlik, aniqlik, xolislik, axborotning ishonchliligi va jamoatchilikka ochiqlik tamoyillariga rioya qilgan holda institut faoliyatini keng yoritish, institutda amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, xalqaro hamkorlik, sport va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyat, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalarning yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
Axborot va media faoliyati.
Institutda o‘tkazilayotgan muhim tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, tanlov va musobaqalar haqida tezkor axborotlar tayyorlanadi hamda ommaviy axborot vositalari va institutning rasmiy axborot resurslarida yoritib boriladi.
Rasmiy materiallar tayyorlash.
Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda hamkor tashkilotlar ishtirokidagi tadbirlar yuzasidan press-reliz, xabar, maqola, intervyu, tabrik va boshqa axborot materiallari tayyorlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash.
Institutning rasmiy Telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida ta’lim muassasasi hayotiga oid dolzarb va foydali axborotlar muntazam joylashtirib boriladi. Auditoriya qiziqishini oshirish maqsadida matnli, foto va videomateriallardan samarali foydalaniladi.
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik.
Institut faoliyatiga oid muhim yangilik va tashabbuslarni hududiy hamda respublika miqyosidagi ommaviy axborot vositalarida yoritish, jurnalistlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va media tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashiladi.
Institut imijini shakllantirish.
Institutning ilmiy, ta’limiy va ijtimoiy salohiyatini namoyon etuvchi materiallar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar erishayotgan yutuqlarni targ‘ib qilish, institutning ijobiy nufuzini mustahkamlashga qaratilgan kommunikatsiya ishlari olib boriladi.