“Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida sahna asari namoyiş etildi

28/10/2025

♻️Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bōlib ōtdi. Tadbir davomida fakultet iqtidorli talabalaridan taşkil topgan “Turon” teatr jamoasi aʼzolari dramaturg Maqsud Şayxzodaning “Mirzo Uluḡbek” asari asosida sahnalaştirilgan spektaklni tomoşabinlarga taqdim etdilar.

📌 Spektaklda buyuk alloma Mirzo Uluḡbek hayoti va ilm-fanga, adolatga sadoqati badiiy talqinda yoritildi. Talabalar ōz ijrolari orqali nafaqat aktyorlik mahoratini, balki milliy tariximiz, ilm va maʼrifatning ahamiyatini çuqur ifoda etdilar.

⚡️ Tadbir davomida tomoşabinlar tomonidan spektakl katta qiziqiş va olqişlar bilan qarşi olindi. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoşlarning ijodiy salohiyatini oşiriş, teatr sanʼatiga bōlgan qiziqişini kuçaytiriş hamda ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.