“KREDIT HAFTALIGI” DAVOM ETMOQDA

10/09/2026

🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilida Filologiya fakultetiga qabul qilingan 1-kurs talabalari ishtirokida “Kredit haftaligi” doirasida navbatdagi targ‘ibot-tushuntirish mashg‘uloti o‘tkazildi.

💻 Mashg‘ulot davomida talabalarga HEMIS elektron tizimidan foydalanish, o‘quv dasturlari, fanlarni o‘zlashtirish jarayoni va baholash tizimi haqida, shuningdek, ta’lim grantlari taqsimoti, talabalarning akademik faoliyati va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining mazkur jarayondagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

👨‍🏫 Mavzu yuzasidan mashg‘ulotni Filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi U.Omanov olib bordi.



🌱 Bugungi bilim — ertangi muvaffaqiyat poydevori!