🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boşçiligida institutning navbatdagi kengaş yiḡilişi bōlib ōtdi. Mazkur yiḡilişda taʼlim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqiçi, talabalar tayyorlovini yanada sifatli va samarali taşkil etiş, pedagogik faoliyatni yangilaş hamda muassasada amalga oşirilayotgan yangi dasturlarni joriy etiş kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
⚡️ Yiḡilişda O.Ruziyev, sōnggi yillarda taʼlim tizimidagi ōzgarişlar, xalqaro taʼlim standartlariga mos ravişda institutning pedagogik tizimini takomillaştiriş va kadrlar tayyorlaş sifatini oşirişga qaratilgan işlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Şu bilan birga, ilmiy tadqiqot natijalariga kōra institutning ōziga xos yutuqlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etiş borasida olib borilayotgan işlar haqida ham sōz yuritildi.