Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi boshlig‘i

HAQBERDIYEV MUHAMMADALI BOBONAZAROVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon raqami: +998 76 228 08 27
  • Ichki raqam: 108
  • Elektron pochta: m.haqberdiyev@dtpi.uz
Bo‘limni tashkil etilishi haqida

   Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibidagi Xodimlar bo‘limi institu trektoring tegishli buyrug‘iga asaosan tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibiga kiradi.

Bo‘lim faoliyati haqida

    Bo‘lim o‘z faoliyatini: 2020-yil apreldan faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshiriqlari va buyruqlari tomonidan beriladigan topshiriqlar hamda institut rektori buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga muvofiq faoliyat olib boradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

     -O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼati qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, fuqaro murojaatlari, modemnomalari va telefonogrammalari ijrosini taʼminlash hamda monitoringini olib borish;

-Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarni umumiy boshqarish;

-Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash;

-Institut reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, oliy taʼlimga oid    Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shu jumladan ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan qarorlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi meʼyoriy hujjatlari hamda uslubiy ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida ijro etilishini taʼminlash va nazorat qilish;
-Ijro intizomini taʼminlashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
-Institutga kirim qilingan hujjatlar bo‘yicha aniq ijro muddati ko‘rsatilgan holda rezolutsiyalarni tayyorlash, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ijrosi bo‘yicha nazorat kartochkalarini yuritish hamda masʼul ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilish;
-Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan qarorlar qabul qilish hamda ularning bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borishni taʼminlash;

-Institut bo‘limlari, fakultetlar va kafedralarda hujjatlar ijrosi bo‘yicha maqsadli va kompleks rejalarni ishlab chiqishni tashkil etish;

 -Institutning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda o‘quv jarayoni va ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan komissiyalar tarkibida ishtirok etish;

 -Fakultet va kafedralar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tegishli ishchi guruhlar tarkibida ishtirok etish;
-Hujjatlar aylanishida ijro nazoratining zamonaviy elektron tizimlaridan samarali foydalanish;
-Vazirlik hayʼati buyruqlari ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borish;
-Institut va uning bo‘limlarida taʼlim standartlari hamda taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishini monitoring qilish va tahlil qilish;

-Bo‘lim faoliyati sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

-Nazorat va monitoring hujjatlari ijrosi bo‘yicha maʼlumotlarni institut rahbariyatiga taqdim etib borish;
-Elektron taʼlim tizimida maʼlumotlarning shakllanganligini nazorat qilish;

-Elektron taʼlim tizimida reyting nazoratlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
-Elektron taʼlimda elektron darslik bo‘yicha o‘quv uchrashuvlarining o‘z vaqtida bajarilganligini nazorat qilish;

– Kiyinish madaniyatiga rioya qilish, bezak va taqinchoqlarga berilmaslik, tashqi ko‘rinish va nomaqbul xulq-atvor bilan boshqalardan ajralib turmaslik, axloq-odob normalariga so‘zsiz bo‘ysunish;
-Rahbariyat tomonidan qonunda belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli va so‘zsiz bajarish;
-Institut tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etish;

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomi, mehnat va o‘quv intizomi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, muassasa Ustavi, ichki tartib qoidalari, Kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda taʼlim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan maqsad va vazifalarga rioya etish;

-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga muvofiq “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, fuqarolar murojaatlarini o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlash;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-3152-sonli “ijro.gov.uz” hamda “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq muassasa hodimlari tomonidan ijro intizomiga rioya etish hamda xodimlar tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini o‘rganish;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ’’Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustaxkamlashning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘grisida” 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-son Farmoni ijrosini ta’minlash;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli “qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq muassasa rahbar xodimlari tomonidan ijro intizomiga rioya etish hamda institut rahbariyati hamda barcha darajalardagi xodimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;

-Institut jamoasini hurmat qilish, jamoa aʼzolarining shaxsiyatiga tegmaslik;
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli “O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga qatʼiy