Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boshlig‘i
JURAYEV BOXODIR TURDALIYEVICH
tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD)
- Qabul vaqti: Har kuni — 10:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998 76 228 08 27
- Ichki raqam: 106
- Elektron pochta: b.jurayev@dtpi.uz
Biografiya
2008-2012 yy – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavr bosqichi talabasi
2012-2014 yy – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistratura bosqichi talabasi
2012-2014 yy – Toshkent shahar 119-maktabda tarix, huquq fanlari o‘qituvchisi
2014-2015 yy – Termiz davlat universiteti ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2018 yy – Termiz davlat universiteti O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi
2018-2020 yy – Termiz davlat universiteti Denov filialida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
2020 y h. v – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash bo‘lim boshlig‘i
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Institutda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 22.05.2017 yildagi 304-son Qarori asosida “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari huzurida fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish” maqsadida ochilgan. Natijada, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik ta’lim tizimining samaradorligini oshirish va o‘z muddatida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga erishiladi.
Tadqiqotchilarga yaratilgan sharoit
Bilimli, kreativ ilmiy pedagogik kadrlarni doktorantura tizimida o‘z muddatida himoya qilishlari uchun izlanuvchilarga maxsus sharoitlar yaratilgan: har bir bosqich doktorantlari alohida jihozlangan xonalar, ish joylari, internetga ulangan kompyuterlar bilan ta’minlangan; Web of Science, Scopus, Google Scholar va boshqa ilmiy ta’limiy axborot manbalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Tadqiqotchilarga qo‘yilgan talablar
Doktorantlar oyma-oy bajarilishi lozim bo‘lgan shaxsiy ish rejasida dissertatsiya ustida uch yil davomida mutaxassislik bo‘yicha nazariy kurs, nazariy metodologik kurslarni o‘zlashtirish, ilmiy maqolalar yozish, malakaviy imtihonlar topshirish, ilmiy ishni yakunlash, ilmiy seminarlar tashkil qilish, pedagogik tajriba orttirish talablari qo‘yilgan.
Bo‘lim faoliyatining asosiy qismini quyidagilar tashkil qiladi:
Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining monitoringini olib borish;
Fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) hamda ularning ilmiy yo‘nalishlari to‘grisida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
Kafedralardagi yetuk professor-o‘qituvchi, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi, iqtidorli talabalar va tegishli ishlab chiqarish korxonalari vakillaridan iborat innovatsion guruhlarni shakllantirish va ishlab chiqarish bilan ikki tomonlama imzolangan shartnomalar asosida ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Institutda «Oliy ta’lim fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar rejasi»ning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borishini yo‘lga qo‘yish;
Scopus, web of science va boshqa xorijiy nashrlarga maqolalar chop etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Institutda xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarni tashkillashtirish va konferensiyalarni o‘tkazish;
Tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar to‘g‘risida yagona axborot bazasini shakllantirish, va monitoringini olib borish, ularning dissertatsiya mavzularini institut kengashida tasdiqlash;
Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini ilmiy xodimlar va talabalarga yetkazib borish.