E’tirof

24/07/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Shukurov Dilmurod Xursanovich Innovatsion rivojlanish agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2026-yil 19-iyundagi 1/q-q-son qo‘shma qaroriga asosan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof olimning mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi samarali mehnatlarining munosib e’tirofidir.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan Shukurov Dilmurod Xursanovichni ushbu yuksak davlat e’tirofi bilan samimiy tabriklaymiz. Ustozga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar, yangi innovatsion loyihalar hamda kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!