Taʼlimning kredit-modul tizimi, sirtqi/kunduzgi taʼlim şakli bakalavriat taʼlim yōnalişlari va magistratura mutaxassisligida tahsil oluvçi, fanlardan akademik qarzdorligi bōlgan 1-2-3-bosqiç talabalariga Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida ōquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etiş tartibi tōḡrisida Nizom”, institut “Akademik qoidalari”ning 9-bob, 80-81-82-bandlariga asosan semestr natijalari bōyiça akademik qarzdorliklarini yozgi taʼtil vaqtida ōz hisobidan qayta ōqib, ōzlaştirişlari uçun ruxsat berilmoqda.
Yozgi taʼtil vaqtida qayta ōqiş 2025-yil 1-iyul sanasidan 2025-yil 31-iyulgaça taşkil etiladi.
Qayta ōqiş uçun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza beriş va tegişli fanlardan ōzlaştirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravişda bazaviy tōlov-kontrakt miqdoridan kelib çiqqan holda tōlovni (tōlov haqidagi maʼlumotnomani taqdim qiliş muddati ham) amalga oşiriş muddati – 2025-yil 25-iyun sanasiga qadar etib belgilandi.
Eslatma: Tōlov maʼlumotnomasi taqdim etilgandan sōng HEMIS axborot tizimi orqali qayta ōqiş uçun ariza beriş registrator ofisi menejerlari yordamida amalga oşiriladi.
Qayta ōqiş şartnomasida kōrsatilgan tōlov pulini tōliq miqdorda va belgilangan muddatda amalga oşirmagan talabalarning arizasiga rad javobi beriladi.
Manzil: Registrator ofisi (asosiy), Denov tumani, Ş.Raşidov kōçasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona, tel.: +998 91 234 90 90
Registrator ofisi (tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti), Denov tumani, Boḡ kōçasi, 112-uy, 1-qavat, 102-xona, tel.: +998 97 697 00 33
Registrator ofisi (pedagogika fakulteti), Sariosiyo tumani, Istiqlol kōçasi, 49-uy, 1-qavat, 109-xona, tel.: +998 91 906 62 62
https://t.me/dtpi_registrator_office_bot