DTPIda yangi ōquv yiliga tayyorgarlik holati ōrganildi
05/09/2025
⚡️ Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 197-sonli buyruḡi ijrosini taʼminlaş maqsadida, 2025/2026-ōquv yiliga puxta tayyorgarlik kōriş va uni yuqori saviyada boşlaş yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tegişli ōrganiş işlari olib borildi.
📌 Vazirlik işçi guruhi tomonidan institutning moddiy-texnika bazasi, ōquv auditoriyalari, zamonaviy ōquv-uslubiy vositalar bilan taʼminlaniş darajasi, talabalar turar joylari va yotoqxonalar holati, şuningdek, yangi ōquv yilida talaba-yoşlarni joylaştiriş atrofliça kōzdan keçirildi.
🔹 Taşrif davomida mavjud infratuzilmalarni zamon talablari asosida yanada takomillaştiriş, ōquv jarayonining samaradorligini oşiriş, talabalar uçun qulay va zamonaviy yaşaş şaroitlarini yaratiş yuzasidan tavsiyalar berildi.