🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi olis toḡli hududda joylaşgan 36-umumiy ōrta taʼlim maktabi pedagoglari va bitiruvçi sinf ōquvçilari iştirokida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri ōtkazildi. Instituti rektori O.Ruziyev ōquvçi yoşlar bilan uçraşib institutda mavjud bōlgan fakultet va yōnalişlar haqida maʼlumot berib, har bir yōnalişning ōquv rejalari, afzalliklari, kasbiy imkoniyatlarini tuşuntirib ōtdilar.
⚡️ Maktab ōquvçilari uçun “Biologiya va qişloq xōjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoşida taşkil etilgan “BIOLOGIYA” fani kursida qatnaşib imtiyozli sertifikatlarga ega bōlgan maktab ōquvçilari namuna qilindi. Şuningdek talaba-yoşlarni sifatli taʼlim olişlari uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan taniştiriş uçun institut bōylab ekskursiya taşkil qilindi.
📌 Ōquvçilar Registrator ofis, Rus tili taʼlim markazi, ōquv laboratoriya xonalari, Axborot resurslar markazi, Karyera markazi, talabalar turar joyi va sport majmuasida bōldilar. Ōquvçi-yoşlar ōzlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atrofliça javoblar olişdi.