📌 Xabaringiz bor, DTPI rektori O. Ruziyev boşçiligidagi delegatsiyamiz aʼzolari Hindistonning poytaxti New Delhi şahrida joylaşgan “Management Education and Research Institute” (MERI) nomli xususiy institutga taşrif buyurdi. 🤝 MERI instituti rektori prof. Lalit Aggarwal institutimiz vakillarini iliqlik bilan kutib oldi va MERI institutidagi yaratilgan şart-şaroitlar bilan taniştirdi. MERI instituti menejment va boşqaruv, IT va moliya yōnalişlari bōyiça katta tajribaga ega ekanligini alohida qayd etiş mumkin. Şu yōnalişlar bōyiça onlayn ōquv kurslarini taşkil etiş borasida kelişuvga erişildi va ikki institut ōrtasida ōzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 🏫 Meri institutining ōzining: ✔️high-tech uslubida jihozlangan axborot-resurs markazi, ✔️video darslar va teleradio materiallari tayyorlanadigan ovoz yoziş studiyasi, ✔️xalqaro talabalarga mōljallangan innovatsion taʼlim markazi, ✔️ilmiy işlanmalarni patentlaş markazi, ✔️ijodiy faoliyat uçun jihozlangan amaliy laboratoriyalari, ✔️zamonaviy IT-infrastruktura va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlangan kompyuter laboratoriyalari, ✔️xalqaro universitetlar bilan 30 dan ortiq hamkorlik aloqalari, ✔️talabalar uçun startup va innovatsiyalarni qōllab-quvvatlovçi inkubatsiya markazi, ✔️KPMG, Grant Thornton, Harvard Publişing kabi yirik taşkilotlar bilan qōşma dasturlari, ✔️bitiruvçilarining Amazon, TCS, Wipro, ICICI Bank, Ernst & Young, Infosys kabi yetakçi kompaniyalarda faoliyat olib borişi bilan delegatsiya aʼzolarida katta qiziqiş uyḡotdi. 🌿 Şuningdek, MERI instituti hududida barpo etilgan yaşil kampus, zamonaviy talabalar yotoqxonasi, soḡlom turmuş tarzini tarḡib qiluvçi sport majmuasi va madaniy tadbirlar zali institut hayotida alohida ōrin tutişi taʼkidlandi.