Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga rasmiy taşrif

10/05/2025

⚡️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim sifatini nazorat qiliş boşqarmasi boşliḡi Mamanazarov Abdusamat Abdusaitoviç Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga taşrif buyurdi. Taşrif davomida institut rektori Oybek Ruziyev boşçiligida mehmonlar ōquv binolari, laboratoriyalar, Kelajakka qadam markazi, kutubxona hamda zamonaviy dars xonalari bilan yaqindan taniştirildi.

📌 Mazkur uçraşuv davomida institutda taʼlim sifati, professor-ōqituvçilarning ilmiy salohiyati, talabalarga yaratilgan şaroitlar, innovatsion yondaşuvlar va raqamli texnologiyalardan foydalaniş borasida erişilayotgan yutuqlar keng muhokama qilindi.