Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro tajriba almaşinuvi bōyiça uçraşuv bōlib ōtdi

25/05/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev, AQŞning Missuri-Kolumbiya universitetida tahsil olayotgan Xikmatova Şirin Xusniddin qizi hamda Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti talabalari iştirokida mazmunli uçraşuv taşkil etildi. Tadbirda taʼlim sifatini oşiriş, yoşlarning ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantiriş, xorijiy tajribalarni ōrganiş masalalari muhokama qilindi.

📌 Uçraşuv davomida Şirin Xikmatova AQŞdagi ōquv jarayonlari, innovatsion yondaşuvlar hamda talabalarga yaratilgan şaroitlar haqida atrofliça maʼlumot berdi. Talabalar xorijda ōqiş, grantlar va almaşinuv dasturlari yuzasidan ōzlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi. Mazkur uçraşuv yoşlar uçun katta ilhom va motivatsiya manbai bōldi.