DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI ŌTKAZILDI

15/10/2026

2026-yil 14-oktabr kuni Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyruḡi bilan tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “Innovative Academy RSC” Ilmiy tadqiqotlarni qōllab-quvvatlaş markazi hamkorligida “Yaşil iqtisodiyot va barqaror iqtisodiy rivojlaniş: muammolari va yeçimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani ōtkazildi.

Anjumanning oçiliş marosimida DTPI rektori O.A.Ruziyev kiriş sōzi bilan iştirok etib, yaşil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va barqaror iqtisodiy rivojlanişni taʼminlaşning dolzarb ahamiyatini taʼkidladi.

Tadbirda Tojikiston Moliya va iqtisodiyot universiteti Menejment kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent S.N. Nuriddinov, TISU Ekonometrika kafedrasi professori B. Tōrayev, Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor S.J.Gadoyev, şuningdek, institutimiz Moliya va bank işi hamda Raqamli iqtisodiyot kafedralari professor-ōqituvçilari, tayanç doktorantlari, magistrantlari va talabalari iştirok etdilar.

Anjuman davomida yaşil iqtisodiyotga ōtiş, resurslardan samarali foydalaniş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş va iqtisodiyotda innovatsion yondaşuvlarni qōllaş masalalariga baḡişlangan maʼruzalar tinglandi. Maʼruzalar yuzasidan savol-javoblar ōtkazilib, iştirokçilar ōzaro fikr va tajriba almaşdilar.

Tadbir yakunida yaşil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etiş, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş hamda oliy taʼlim muassasalari ōrtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi taʼkidlandi.

Mazkur anjuman ilmiy muloqotni rivojlantiriş, dolzarb iqtisodiy muammolarga yeçim izlaş va barqaror rivojlaniş yōnalişidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qildi.