Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida o’quvchi yoshlarni kasbga yoʻnaltirish bo’yincha amaliy natija

04/09/2026

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida “BIOLOGIYA” fani kursi tashkil etilib, kafedraning malakali oʻqituvchisi A.Bolliyev mas’ul qilib biriktirilgan edi. Mana bugun “BIOLOGIYA” fani oʻquv kursi oʻzining yuksak amaliy samarasini koʻrsatdi. Xususan, 2026/2027-oʻquv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlari (Tibbiyot texnikum)lariga umumiy oʻrta ma’lumot (11-sinf) negizida boʻlib oʻtgan qabul jarayonida, o’quv kursida tahsil olib kelayotgan bir guruh Denov tumanidagi 20, 31 va 90-sonli umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari o’quv kursida olgan chuqurlashtirilgan bilim va amaliy koʻnikmalarini muvaffaqiyatli qoʻllab, Surxondaryo viloyatining eng nufuzli Tibbiyot texnikumlariga davlat granti hamda toʻlov-kontrakti asosida talabalar safiga qabul qilindilar.

🎉Institut rektori va jamoasi: sizlarga tanlagan sharafli va mas’uliyatli tibbiyot sohasida ulkan zafarlar, oʻqishlaringizda omad va doimo el xizmatida boʻladigan yetuk mutaxassis boʻlib yetishishingizni tilaymiz.

✅ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni oliy ta’limga keng jalb etish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining samarali natijasini bermoqda.