✅ Unda OAV vakillari, blogerlar ishtirok etishib, dastlab, Aniq va tabiiy fanlar fakultetidagi kafedralar faoliyati bilan tanishdilar. Ishtirokchilar talabalarning puxta bilim olishlari maqsadida tashkil etilgan o‘quv laboratoriyalari, issiqxonalarda bo‘lishdi.
🔵 Ma’lumki, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ta’lim sifatini yanada kengaytirish maqsadida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Indoneziya, Malayziya, Polsha, Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa ko‘plab davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
🖋 Ishtirokchilarga shuningdek, Karyera markazi, ARM, RIM, O‘lkashunoslik muzeyi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.
🔰 Press tur ishtirokchilariga institut rektori O.A.Ruziyev hamrohlik qildi.