“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz”

29/09/2026

Sariosiyo tumanida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari o‘tkazildi.

Seminarning dastlabki manzili — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Faollar zali” bo‘ldi. Seminarni Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi rahbari H. Normatov va “Nuroniy” jamg‘armasi raisi S. Qosimov ochib berdilar.

Unda so’ng Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari tomonidan davlatimiz rahbarining Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida belgilangan 7 ta ustuvor yo‘nalish mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.

Tadbirda umumta’lim maktablari MMIBDO‘lari hamda korxona va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.