Prezidentning tegişli farmoyişi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-ōquv yili va kelgusi uç yil uçun oliy taʼlim taşkilotlariga qabul bōyiça davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqiçlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti ōrinlari quyidagiça belgilandi:
🔸Bakalavriat (kunduzgi taʼlim şakli) – 35 500 nafar,
🔹Magistratura (kunduzgi taʼlim şakli) – 9 922 nafar.
Şuningdek:
➖Xorijiy va nodavlat OTMlar uçun – 1 320 ta,
➖Xorijdagi vatandoş yoşlarga – 30 ta,
➖Xotin-qizlar uçun – 4 000 ta grant belgilandi.
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uçun qōşimça parametrlarga asoslangan holda,
▪️Har bir yōnaliş bōyiça ōtiş ballari va granti/tōlov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan taşqari, ayrim sohalarning (tillar, sanʼat, sport va boşqalar) ōziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari şaffoflik asosida beriladi va yuqori ball tōplagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.