Bahor nafasi – qadriyatlar va yangilanişlar timsoli!

03/03/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari Sariosiyo tumani “Tortuvli” MFYda taşkil etilgan bahorning qadimiy neʼmati – sumalak saylida faol iştirok etdilar. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş maqsadida ōtkazilgan uşbu tadbir kōtarinki ruhda bōlib ōtdi.

Quvonarlisi, mazkur bayram tadbiriga Surxondaryo viloyati hokimi ham taşrif buyurib, tumanda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va yangilaniş işlari bilan yaqindan tanişdi.

Şuningdek, tadbir iştirokçilarini kirib kelayotgan bahor ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, yurtimiz tinçligi va farovonligi yōlida olib borilayotgan işlarga tōxtalib ōtdi.

Bayramona ruh, milliy qadriyatlar va yoşlar faolligi uyḡunlaşgan uşbu tadbir barçaga kōtarinki kayfiyat ulaşdi.