Axborot texnologiyalari kafedrasi
Professor
Dotsent
Katta ōqituvçi
Ōqituvçi
Stajyor öqıtuvçı
Umumiy maʼlumot
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti kengaşining 2020-yil 3-noyabrdagi buyruḡiga asosan, “Moliya va raqamli axborot texnologiyalari” kafedrasi taşkil etildi. 2021 yil kafedra nomi qayta kōrib çiqildi va “Axborot texnologiyalari” nomi bilan faoliyat yuritdi. 2026 yil 2-sentabrdan Ş.I.Xaydarov rahbarlik qilib kelmoqda.
Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-ōqituvçilari axborot texnologiyalari sohasi bōyiça zamonaviy bilim, kōnikma va malakalarga ega kadrlar hamda amaliy mutaxassislarni tayyorlaş, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiriş va rivojlantiriş, şuningdek dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va maşinaviy ōqitiş, maʼlumotlar bazalari va katta maʼlumotlar (Big Data), kompyuter tarmoqlari, kiberxavfsizlik asoslari,bulutli texnologiyalar, veb va mobil ilovalarni işlab çiqiş kabi zamonaviy yōnalişlarda ilmiy-tadqiqot işlari olib boriş orqali universitetning respublikadagi va xalqaro miqyosdagi nufuzini oşirişga munosib hissa qōşib kelmoqda.
Axborot texnologiyalari kafedrasining faoliyati
Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2021 yildagi
373-son qarori. Axborot texnologiyalari va elektron hukumatning rivojlaniş holatini reyting baholaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari tōḡrisida Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot texnologiyalari va elektron hukumatni keng joriy etiş çora-tadbirlari tōḡrisida 28.04.2020 yildagi PQ-4699-son qarori ijrosini taʼminlaş ustida faoliyat olib bormoqda.
Mavjud yōnalişlar:
60610500– Kompyuter injinering (kunduzgi)
60110600– Matematika va informatika(kunduzgi)
60110600– Matematika va informatika(sirtqi)
60610500 – Sunʼiy intellekt (kunduzgi)
Taʼlim yōnalişlari bōyiça bakalavrlar tayyorlanib kelinmoqda.
70610101 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti taʼlim mutaxassisligi bōyiça Rossiya Federasiyasining Oltoy davlat universiteti bilan qōşma magistratura taşkil etilgan va şuningdek, 70610101 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti magistratura taşkil etilgan.
Bundan taşqari ikkinçi oliy taʼlim 60610500 – Kompyuter injinering yōnalişi mavjud.
Axborot texnologiyalari kafedrasining asosiy maqsadi
Axborot texnologiyalari kafedrasining asosiy maqsadi institutning bakalavriat va magistratura talabalarini zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida çuqur nazariy bilimlar, amaliy kōnikma va yuqori kasbiy malakaga ega, raqobatbardoş va yetuk kadrlar sifatida tayyorlaş, taʼlim sifatini xalqaro standartlar darajasiga kōtariş hamda mutaxassislar tayyorlaşning uslubiy taʼminotini muntazam takomillaştirişdan iborat. Kafedra faoliyati dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va maşinaviy ōqitiş, maʼlumotlar bazalari va katta maʼlumotlar (Big Data) tahlili, kompyuter tarmoqlari, bulutli texnologiyalar, veb va mobil ilovalarni işlab çiqiş kabi zamonaviy yōnalişlarda taʼlim jarayonini ilmiy-tadqiqot işlari bilan uyḡunlaştirişga qaratilgan.
Axborot texnologiyalari kafedrasining vazifalari
Bugungi raqamlaşib borayotgan iqtisodiyotimizni, şuningdek, jahon tajribalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga tadbiq etiş yōllari, kundalik hayotda qōllaniladigan zamonaviy texnologiyalarini ōrgatiş orqali yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşdir. Yuqoridagilarga muvofiq, ōquv dasturi zamonaviy Axborot texnologiyalarini va dasturlaş asoslarini ōrganişning nazariy va amaliy jihatlarini ōz içiga oladi.
Axborot texnologiyalari kafedrasining missiyasi
Taʼlim standartlariga muvofiq çuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bōlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş bōyiça ōquv, ōquv-uslubiy va ilmiy işlarni sifatli darajada taşkil etiş va amalga oşiriş, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşirişdan iborat.
Kafedrada ōzbek, tojik, rus yōnalişlari va mutaxassisliklari mavjud. Mutaxassislik fanlari malakali professor – ōqituvçilar tomonidan ōzbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Darslar 1, 2, 3, 4 va 5- kurslarda fan dasturi (sillabus) asosida tasdiqlangan jadval bōyiça maʼruza, seminar, laboratoriya va amaliy maşḡulotlar şaklida amalga oşiriladi. Kafedra ōqituvçilari Hemis platformasiga ōquv kontentlari (maruza, seminar, amaliy maşḡulot, video) materiallarini tayyorlaydilar va joylaştiradilar. Talabalarning faoliyati turli xil anʼanaviy va muqobil baholaş vositalari orqali tahlil qilinadi.
Axborot texnologiyalari kafedraning vazifalari:
1.1. Barça ōquv şakllari bōyiça Oliy taʼlimning DTS (Davlat taʼlim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan ōquv rejalarida belgilangan
– maʼruzalar;
– amaliy maşḡulotlar;
– labaratoriyalar va boşqa turdagi maşḡulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada ōtkaziş;
1.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy işlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qiliş, talabalar bilimini baholaşning reyting nazoratini joriy etiş va mustaqil işlarni taşkil etiş bōyiça tadbirlar ōtkaziş;
1.3. Kafedra fanlari bōyiça ōquv dasturlarini işlab çiqiş va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etiş, şuningdek, turdoş kafedralar tomonidan tayyorlangan ōquv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlaş;
1.4. Darslik, ōquv qōllanma, uslubiy va metodik kōrmatmalarni tayyorlaş;
1.5. Iqtidorli talabalar bilan işlaş, ularni olimpiada va tanlovlarda iştirok etişga tayyorlaş;
1.6. Belgilangan tartibda professor-ōqituvçilarning malakasini oşirişni taşkil etiş hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruzalar bilan iştirok etişini taʼminlaş;
1.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot işlarini olib boriş, tugallangan ilmiy tadqiqot işlarini muhokamadan ōtkaziş va ularning natijalarini işlab çiqarişga joriy etiş, taʼlim fan va işlab çiqarişning samarali integratsiyasini taʼminlaş, talabalarning ilmiy-tadqiqot işlariga rahbarlik qiliş;
1.8. Budjetdan taşqari mablaḡlarni jalb etiş, şuningdek ilmiy-texnikaviy yordam kōrsatiş maqsadida sanoat, qişloq xōjaligi korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boşqa xōjaliklar bilan aloqa ōrnatiş;
1.9. Oliy ōquv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajor–tadqiqotçi-izlanuvçilikni ōtaganlar monitoringini olib boriş hamda ular bilan muntazam aloqalarni taşkil etiş;
1.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantiriş va hakozolar.
Kafedraning iş faoliyati
2.1. Kafedraning yillik iş rejasi bōlişi, rejada ōquv yili davomida professor-ōqituvçilar tomonidan amalga oşiriladigan işlar tōla qamrab olinişi lozim;
2.2. Kafedraning iş rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta ōtkazilişi belgilangan bōlişi, uning kun tartibi va ōtkaziliş sanasi aks etişi lozim;
2.3. Kafedrada ōtkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilinişi va majlis bayonnomasida qayd qilinişi lozim.
Axborot texnologiyalari kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyati
Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-ōqituvçilari tomonidan işlab çiqilgan darslik, ōquv qōllanma va monografiyalar:
E.I.Saidaxmedov: Kiberxavfsizlik asoslari ōquv qōllanma. Toşkent: 2023
A.Xolbekov: Axborot texnologiyalari. Ōquv qōllanma. Toşkent: 2022
Axborot texnologiyalari kafedrasining xalqaro aloqalari
Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va taşkilotlar bilan hamkorlik qiladi, masalan, Turkiya davlatining Firat universiteti, Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti, Sadriddin Ayniy nomidagi TDPI, Altay davlat universiteti, Qozon federal universiteti hamda Olmaota menejment universiteti. Har yili hamkorlik doirasida Iqtisodiyotni raqamlaştiriş masalalari yuzasidan ilmiy seminarlar, treninglar, uçraşuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar ōtkaziladi.
60610300 – Kompyuter injiniringi bakalavr yo‘nalishi
Malaka talabi, o‘quv rejalar, fan dasturlari va sillabuslari
XAYDAROV ŞERALI
Ilmiy darajasi:Texnika fanlari bōyiça falsafa doktori (PhD)
Qabul kunlari: Duşanba, Çorşanba – 09:00 dan 16:30 gaça
Telefon raqami: +998 99 571 16 52
Bakalavriat:
Raqamli va axborot texnologiyalari
Axborot texnologiyalari
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Qurilişda axborot texnalogiyalari
Informatikaning nazariy asoslari
Algaritmik tillar va dasturlaş asoslari
Dasturlaş
Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari
Dasturlaş asoslari
Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar
T.F Axborot texnologiyalarni kasbiy faoliyatda qōllaş
Maʼlumotlar bazasi
Kompyuter tarmoqlari
Kiberxavfsizlik asoslari
Sunʼiy intilekt asoslari
t.f Bulutlui texnologiyalar
Operatsion tizimlari
Parallel kompyuter arxitekturasi va dasturlaş
Signal va dasturlarni qayta işlaş
Tarmoq xavfsizligi
Web ilovalar yaratiş
t.f Python dasturlaş tili
Individual loyiha
Ōrnatilgan tizimlar
Multiagat tizimlar
t.f Java script dasturlaş tili
t.f Maʼlumotlarni intelektual tahlil qiliş
Zamonaviy dasturlaş tillari
Zabonxoi barnomasozi muosir
t.f Amaliy dasturiy paketlar
Mobil ilovalarni yaratiş
t.f Katta maʼlumotlarni qayta işlaş
t.f PhP dasturlaş tili
Metodikayi omōzonidani informatika
Vositahon dasturii pedagogiky
t.f Texnologiyahoi multimedy
t.f Zaboni barnomasozii Java Script
t.f 3D grafika va animatsiya
t.f IT-loyihalarni boşqariş
Magistratura:
Основы параллельных вычеслений
Сетевие операционние системи
Проектирование и анализов алгоритмов
Технологии создания мобильних приложений
T.F. Python dasturlaş tili
T.F. 1. Mobil ilovalar yaratiş
T.F. Maʼlumotlarni intellektual tahlil qiliş
T.F. Masofaviy taʼlim texnologiyalari