“Akademik harakatçanlik” dasturi tanlovining 2026-yil 2-çoragi uçun loyihalar qabuli boşlandi!
12/06/2026
“Akademik harakatçanlik” dasturi yoş olimlarni ilmiy faoliyatini qōllab-quvvatlaşga qaratilgan bōlib, loyihalarni amalga oşiriş bilan boḡliq barça xarajatlar davlat tomonidan tōliq qoplab beriladi.
Dasturda iştirok etiş uçun quyidagi şartlar belgilangan:
loyiha ijroçisining yoşi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, mansabi va iş joyidan qatʼi nazar, 40 yoşdan oşmagan bōlişi;
har bir iştirokçi faqat 1 ta ilmiy loyiha bilan iştirok etişi;
taqdim etiladigan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravaridan oşmasligi;
dasturni amalga oşiriş muddati 1 oydan 6 oygaça bōlişi.
Loyiha talabnomalari 2026-yil 4-iyul kuni soat 23:59 ga qadar akadem.ilmiy.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.