“Akademik harakatçanlik” dasturi tanlovi yoş olimlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oşmoqda
30/07/2025
2025-yil 7-maydan 30-iyunga qadar ōtkazilgan “Akademik harakatçalik” dasturi tanloviga 198 talabgor hujjat topşirgan edi. Yakuniy natijalarga kōra, 23 nafar iştirokçi ḡolib deb topildi.
⚡️ Ular orasida DTPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi professor-ōqituvçilari, kafedra dotsenti, Dilmurod Şukurov “Yarimōtkazgiç pigment materiallar sintezi va ularni yangi avlod quyoş elementlarini olişda qōllaş” mavzusidagi ilmiy işlanmasi bilan, şuningdek, kafedraning yana bir faol izlanuvçisi — katta ōqituvçi Dilşod Yōlliyev “Tarkibiga magnetit zarraçalari kiritilgan PVS yordamida oqova suvlarni tozalaş” mavzusidagi innovatsion loyihasi bilan muvaffaqiyatli qatnaşib, ḡoliblikni qōlga kiritganlar ham bor.