“REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI

25/03/2025

⚡️Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talaba-yoshlarning taklif va muammolarini o‘rganish, ular asosida ish tashkil qilish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil qilindi.

🔹 Institut rektori O.Ruziyev uchrashuv davomida institutning o‘quv-tarbiyaviy faoliyati, yoshlarni ilm-fan, kasb-hunar va tadbirkorlik sohalarida qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalari haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarni o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga yordam berish, ularni har tomonlama rivojlantirish muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.