“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi  bo‘lib o‘tdi

26/03/2025

Assambleyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ochib berdi.

Anjumanda respublika miqyosida 107 ta oliy ta’lim muassasalarining liderlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, ko‘rsatgan natijalari haqida ma’lumot berishdi.

Hududlardan eng iqtidorli, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullangan 556 nafar yigit-qizlar “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi. Eng faol 8 nafar “Yoshlar akademiyasi” liderlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Yoshlar Akademiyasi lideri Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi 1 kurs magistranti Murotaliyeva Munisaga ham  “Yoshlar akademiyasi guvohnomasi” hamda belgisi topshirildi.