Maktablar o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
27/03/2025
Surxondaryo viloyatida nisbatan ko‘rsatkichlari past bo‘lgan maktablarni oliy ta’lim muassasalariga biriktirish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tajriba yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, bu boradagi tajriba Oltinsoy tumanidagi maktablarda keng joriy etilmoqda.
🏐Mazkur tajriba doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tomonidan Oltinsoy tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabi sport zalida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqasi tashkil etildi.
Murosasiz, va qiziqarli bahslardan so‘ng, g‘oliblikni quyidagi maktab jamoalari qo‘lga kiritdi: 🥇1-o‘rin – 43-maktab terma jamoasi; 🥈2-o‘rin – 65-maktab jamoasi; 🥉3-o‘rin – 54-maktab jamoasi.
🏆 Musobaqa g‘oliblariga kubok, diplom va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.