🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti profilaktika katta inspektorlari mayor Toshtemirov Otamurot va leytenant Suvonova Sojidalar guruhlarda davomat, tig‘ tadbirlari, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish yuzasidan tyutorlar ishtirokida umumiy tartibda, muntazam ravishda davra suhbatlari, yakka tartibda profilaktik suhbatlar olib borishmoqda.
✅ Talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport o‘yinlari tashkil etilib, institut va talabalar yashaydigan ijara xonadonlari hududlarida jamoat tartibini saqlash maqsadida “Qalqon” guruhi navbatchilariga kunlik yo‘riqnomalar berib borishmoqda.