Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar bilan uchrashuv

13/03/2025

🏢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ 1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tumani hokimi I.Abrorov, tuman prokurori F.Xoliqov, tuman IIB boshlig‘i Sh.Narmuratovlar ishtirokida DTPIda tuman Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

🔰 Ularning muammolari o‘rganildi, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, qayta jinoyatning oqibatlari tushuntirildi.

✅ Shu yerning o‘zida bo‘sh ish joylari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🌱 Shundan so‘ng institutimiz rektori O.A.Ruziyev tomonidan institutda o‘zini band qilish maqsadida yerdan unumli foydalanish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirildi.

📚 “Kar’era markazi” va ARMda turli kasbga hamda turli tillarni o‘qitish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar tanishtirildi.