Bugun 2025-yilda Indoneziya Madaniyat markazini Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi! 🇮🇩🤝🇺🇿
🗓 ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan uchrashuvda Indoneziya elchixonasi, Indoneziyaning Pendedikan universiteti va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘rtasida kelgusi hamkorlik va istiqbolli rejalar muhokama qilindi. 🕊 Indoneziya Madaniyat markazi: Indoneziyaning boy madaniyati va ta’lim tizimini tanishtirish, Tadbirkorlik va madaniyat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, Innovatsion g‘oyalar va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratadi. 🌱 2025-yilda bu markaz ochilishi rejalashtirilgan va O‘zbekiston hamda Indoneziya o‘rtasida yanada kuchli aloqalar va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga olib keladi! 🔑 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun bu loyiha yoshlarimizga global ta’lim va madaniyatlararo aloqalarda yangi imkoniyatlar yaratadi. 🌐📚