💐 Kecha DTPI rektori huzurida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Institutda “Kelajakka qadam” markazini tashkil etish to‘g‘risida, “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi ijrosi to‘g‘risidagi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
🏆 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Salomova Ra’no Vassiyevnaga “8-mart—xalqaro xotin-qizlar kuni” arafasida “Mo’tabar ayol” ko’krak nishoni, Institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanovani Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator A.Sa’dullayev tomonidan yoshlar siyosatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgani uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga etishgan talabalarimizning yutuqlari e’tirof etildi.