💐Aziz va qadrli opa-singillar!
Sizlarni bahor elchisi bo‘lgan, o‘zingizdek go‘zal va dilbar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman! 🌸
Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Sizning ilm-fan, ta’lim va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissangiz beqiyosdir.
📚Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Institutida ayol mutaxassislarning hissasi tobora ortib bormoqda:
✅19 nafar ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchi – shundan 11 nafari dotsent, 1 nafari fan doktori, 7 nafari falsafa fanlari doktori.
✅ 35 nafar tayanch doktorant, 70 nafar mustaqil tadqiqotchi ayol olima ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
✅ 6 nafar iqtidorli talaba qizimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi!
👩🏫Bugungi kunda institutimizda 125 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va 100 dan ziyod texnik yordamchi xodimlar sidqidildan mehnat qilib, ta’lim sifatini yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
🌹 Siz – ilm va ma’rifat chirog‘isiz!
🌸Siz – jamiyat tayanchi, ta’lim va kelajak avlodga yetakchi yo‘lboshchisiz!
💐Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti rektori: O.A.Roʻziyev