Qōl tōpi sport turi bōyiça Rektor kubogi musobaqasi yakunlandi!
01/03/2025
🤾♂ Qōl tōpi jamoaviy sport musobaqasi “Soḡlom inson – soḡlom millat” ḡoyasini umummilliy harakatga aylantiriş va ommaviy sportni rivojlantiriş bōyiça Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar doirasida taşkil etildi.
🗒 Musobaqa yakuniga kōra quyidagi natijalar qayd etildi:
🏅Ōḡil bolalar ōrtasida: 1-ōrin: Pedagogika fakulteti jamoasi; 2-ōrin: Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti jamoasi; 3-ōrin: Aniq va tabiiy fanlar hamda Filologiya fakulteti jamoalari.
🏅Qiz bolalar ōrtasida: 1-ōrin: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi; 2-ōrin: Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti jamoasi; 3-ōrin: Filologiya va Pedagogika fakulteti jamoalari.
🏆 Yakunda ḡolib jamoalarga pul mukofotlari va Rektor kubogi topşirildi.