“Yurtim qadriyatlari” koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi

28/02/2025

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Yurtim qadryatlari” respublika ko’rik-tanlovi eʼlon qilingan edi. 28-fevral kuni Surxondaryo viloyati oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida ushbu tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

🏆 Quvonarlisi shundaki, koʻrik-tanlovda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etib faxrli 3-oʻrinni qo’lga kiritishdi.

✍️ DTPI Matbuot xizmati