Sportning mini futbol turi bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasi yakunlandi!
26/02/2025
⚡️Mazkur musobaqa “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirish va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar doirasida tashkil etildi.
⚽️ 24-25 fevral kunlari bo’lib o’tgan sport musobaqasida jami 21 ta jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro kurash olib borishdi. Sport musobaqasiga 1000 dan ortiq talabalar qamrab olindi. Ammo gʻoliblik faqatgina kuchlilarga nasib etdi.
🏆 Musobaqa yakuniga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi: 🥇-o’rin: “Jismoniy madaniyat” yo’nalishi; 🥈-o’rin: “Tarix” yo’nalishi; 🥉-o’rin: “Iqtisodiyot” hamda “Turizm” yo’nalishi.
📌 Ma’lumot uchun, “Rektor kubogi”da gʻolib boʻlgan jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Chempion jamoaga esa “Rektor kubogi” topshirildi.