📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari Samarqandga sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida talabalar Samarqandning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va qadamjolari bilan yaqindan tanishdilar. Samarqand city, Registon maydoni, Bibixonim jome masjidi, Hazrati Doniyor ziyoratgohlarida bo‘lib, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho me’moriy yodgorliklar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.