DENOV TUMANIDA JOYLAŞGAN ZIYORATGOHLAR VA KŌNGILOÇAR MASKANLAR
SAID OTALIQ MADRASASI
Said otaliq madrasasi — Ōzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Denov şahri markazida joylaşgan 2 qavatli madrasa inşooti. XIX asrda Manḡitlar ōzbek sulolasi vakili amir Haydar hukmronligi davrida, uning qaynotasi Sayyid otaliq homiyligida, Buxorolik meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy tomonidan bunyod etilgan.
Madrasa XVI asrda Şayboniylar hukmronligi davrida islom dini arbobi — Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan deya taxmin qilinar edi. Buxoroning yirik madrasalari qurilişi uslubida barpo etilgan (Kōkaldoş va boşqa madrasalar). Mazkur şakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Denovning Mustaqillik kōçasida joylaşgan. Ōzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining kōçmas mulk obyektlari milliy rōyxatiga kiritilgan.
“Tuhfat az-zoiriyn“da aytilişiça, Hazrat Xoja Alouddin Attor şayx, naqşbandiya tariqati şayhlari oltin zanjiri ketma-ketligi hisobida — ōn yettinçisi bōlib, Bahouddin Naqşbandning vorisi, muridi, kuyovi bōlgan. U kişining ikki halifalaridan biri hisoblangan. Hazrat Xoja Alouddin Attor Çaḡoniyon viloyatiga 1389—1396-yillarda oilasi bilan kelib qolgan va milodiy 1400-yil 18-martda Denovda vafot etgan. Sarmozor ota degan joyda dafn qilingan. Bu yer hozirda „Şayx Attor Valiy“ yoki „Ostona buva“ deb ataladi. Qabristonda Xoja Alouddin Attorning keyingi avlodlari, jumladan, uning ōḡli — Şayx Hasan Attoriy, nevarasi Xoja Yusuf Attor ham dafn etilgan.
Tadqiqotçilar Said otaliq madrasasini Hazrat Xoja Alouddin Attor avlodlari tomonidan bunyod etilgani va boşqa maʼlumotlarni qayd etişadi. Fathnomai sultoniy asariga kōra, uni Buxoro amirligi hukmdori Haydarning qaynotasi Sayyid otaliq XIX asr boşlarida qurdirgan. U bir neça yillar Denovda hokimlik vazifasini bajargan ekan.
Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Şōrolar tuzumi davrida madrasa yopib qōyilgan. 1956—1960 va 1972—1973-yillarda Ōzbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy ōrganilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon ōḡli taşabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik ōqitilişi boşlangan. Bugungi kunda madrasaning ōrta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati tōxtatib qōyilgan. 2018—2019-yillardagi xabarlarga kōra, madrasa binosi ayançli ahvolga kelib qolgan, qulaş arafasida bōlgan. Madrasa 2019-yilda tasdiqlangan “Moddiy madaniy merosning kōçmas mulk obyektlari” milliy rōyxatiga kiritilib, unda hunarmandçilik markazi barpo etiş rejalaştirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qoliş va uning infratuzilmasini takomillaştiriş bōyiça çora tadbirlar işlab çiqilgan bōlib, ularning ijro muddati etib 2021-yilning mart—aprel oylari belgilangan.
Madrasasining meʼmorçilik uslubi tartibi ōz davrida belgilangan anʼanalarga mos ravişda barpo etilgan. Bino hovlisi ikki qavatli qurilgan katta-kiçik hujralardan taşkil topgan bōlib, peştoq ortida miyonsaroy, uning ikki yonida esa masjid va darsxona joylaşgan. Madrasa burçaklariga esa guldastalar işlangan. 40×29.5 metr tarxli hovlisidagi peşayvonlar soni 2 ta. Madrasa poydevorining çuqurligi 5,5 metr. Tomi balxi gumbazli. Hujra derazalariga gançdan panjaralar işlangan.
ALOVUDDIN ATTOR ZIYORATGOHI
Xalq orasida Şayx Attor Valiy, Xoja Alouddin Attor nomi bilan eʼzozlangan, Bahouddin Naqşbandning birinçi halifalari va kuyovlari piru murşid Muhammad ibn Muhammad Buxoriy. Tavalludi XIX asr 30-yillar oxiri Buxoro hududida(hozirgi Qorakol tumani) – vafoti 1400 yil Çaḡoniyon (hozirgi Denov). Abulqosim ibn Muhammad ibn Masʼud Buxoriy ōzining “Manoqibi va şamoili Hazrati Xoja Alouddin Attor” nomli asarida Alouddin Attorga qōyidagi taʼriflarni bergan: “Şariat arbobi”, “Valiylar qutbi”, “Ahlullohning suyançi”, “intiboh sohiblarining pokizasi”, “tariqat arboblarining sayyidi”, “Mutakallimlarning oxirgisi”, “Aloul Haq vad din” deya eʼtirof etilgan. Demak, Alouddin Attor naqşbandiya sulukida ega bōlgan unvonlari ham uning irfon sohibi din ilmining bilimdoni, uluḡ ustoz ekanligini anglatadi. Unga berilgan unvonlardan biri “mutakkallimlar oxirgisi” uning kalom ilmida ham benazir bōlganligini bildiradi. Attor unvoni nafaqat attorlik kasbi uçun şu bilan birga dinning ifori taratuvçisi maʼnosini beradi. Şajaraviy jihatdan Said Ato (Yassaviya piri, Xoja Alouddin Attorning kata bobosidir) orqali Hazrati aliga borib taqaladi. Bobosi Abdulloh Zarbaxş Buxoroda 400 nafar şogirdlari bilan Buxoro Vardonze xonaqohida minglab avliyolarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Alouddin Attorning otasi Said Amir Muhammad Buxoriy ōz davrining ilmli va mulkdor kişisi xisoblangan. Otasi vafotidan keyin meʼrosiy mulkdn voz keçib ōzini ilmga baḡişlagan. Madrasada şariat bilimlarini egallaş bilan birga tariqat ilmini Bahouddin Naqşbanddan ōrgana boşlagan. Ilmga bōlgan muhabbati va sobitliligi Bahouddin Naqşband eʼtiborini tortadi. Suhbatlarda har doim Alouddin Attorni yoniga ōtqazadi va uni buri yaʼni nafs bōrisi emasligini aytadi. Bahouddin Naqşband Alouddin Attordagi kibrni tōla sindiriş uçun yalangoyoq, yoḡoş savatda olma sotişni buyurdi. Olma sotişni Alouddin Attorning akalari Şahobiddin va Muboraklarning savdodukoni oldida sotganda, akalari Alouddin Attorni bu işni qilmaslikka çaqiradi. Lekin Alouddin Attor ustozi aytgan sōzlarni sitqidildan bajaradi. Bu yumuş bilan uni kibrdan tōla xalos etadi. Raşoxat asarida keltirilişiça, Bahouddin Naqşbandni bir qizi bōlgan. U voyaga yetganlik xabarini ayolidan eşitgaç, zexn va salohiyatini kōrib Alouddin Attorga qizini nikohiga olişini sōraydi. Şunda Alouddin Attor ustozini taklifi qançalar katta saodat ekanligi, lekin unda bir giʼşt va bir kuzadan boşqa xeç narsasi yuq ekanligini aytadi. Bahouddin Naqşband rizqni Alloh berişini aytadi. Tez orada ular oila quradi. Nikohidan Hasan Attor dunyoga keladi. Bahouddin Balogardon asarida Alouddin va uning oilasi uçun Buxoroda bir imorat solingani aytilgan. Naqşbandiya taʼlimotining asosçisi Bahouddin Naqşband kōplab avliyolarni tarbiyalagan. Şu ōrinda Alouddin Attorning xizmatlari benixoya kattadir. Bahouddin Naqşband Alouddin Attorning tarbiyaviy işlari haqida bizni yukimizni hiyla engillatdi deb bejiz aytib ōtmagan. Bahouddin Naqşbandning kōp şogirdlari bōlsada lekin Alouddin Attor Bahouddin Naqşbandning yonlarida har doim birga bōlga. Xatto Bahouddin Naqşbandning 1389 yil sōnggi damlarida ham Alouddin Attor uning yonlarida bōlgan.