🏛 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga keng sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Filologiya fakultetida “O’zga tilli guruhlarda rus tili” hamda “Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili” ta’lim yo’nalishlari 2-bosqich talabalari ishtirokida “Dekan va talaba yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tdi.
📌 Muloqot davomida 2024-2025 o’quv yili kuzgi semestri natijalari tahlil qilindi. Fakultetda talabalar tomonidan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Xususan, talabalarning fanlarni chuqur o’zlashtirishi, sport va boshqa turdagi tanlovlardagi faolligi, darslarga qatnashishi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi kabi ustuvor masalalar muhokama qilindi.
🔷Yig’ilish yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.