KAFEDRA MUDIRI

TOḠAYMURODOV DILŞOD DILMURODOVIÇ

  • Telefon: +998915770507
  • Elektron poçta: d.togaymuradov@dtpi.uz
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining taşkil etilişi:
   Kafedra 2023 yil iyul oyida Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi negizida taşkil topgan. Hozirgi paytda Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi 3-4 kurs bakalavriat va 1-2 kurs       magistratura yōnalişlari bōyiça xorijiy til va adabiyoti hamda ikkinçi çet tili fanining nazariy va amaliy aspektlarini olib boruvçi professor-ōqituvçilarni birlaştiradi.
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining faoliyati:
 Bakalavriat taʼlim yōnalişlari va Magistratura mutaxassisligi.
 60111800 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili  taʼlim yōnalişi 
 70111801 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili mutaxassisligi  bōyiça talabalar ōqib tahsil olişmoqda.
 Bundan taşqari keçki taʼlim yōnalişi hamda ikkinçi oliy taʼlim yōnalişlari bōyiça ham talabalar ōqib kelişmoqda. 
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining asosiy maqsadi: 
 Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi jamoasi ōz oldiga soha bōyiça yetuk bakalavr  va magistrlar tayyorlaş, ōquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-tarbiyaviy işlarini olib   borişni asosiy maqsad qilib olgan.
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasining missiyasi:
 Taʼlim standartlariga muvofiq çuqur nazariy va amaliy bilim va vakolatlarga ega bōlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş bōyiça ōquv, ōquv-uslubiy va ilmiy işlarni sifatli   darajada taşkil etiş va amalga oşiriş, kafedra profilidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşirişdan iborat.
Kafedrada taʼlim ōzbek va ingliz tillarida olib boriladigan guruhlarda ōqitiladi:
 Mutaxassislik fanlari malakali professor – ōqituvçilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Darslar 3, 4 kurslarda iş dasturi (sillabus) asosida  tasdiqlangan jadval bōyiça maʼruza,   seminar va amaliy maşḡulotlar şaklida amalga oşiriladi. Talabalarning faoliyati turli xil anʼanaviy va muqobil baholaş vositalari orqali tahlil qilinadi.
Kafedraning vazifalari:
 1.1. Barça ōquv şakllari bōyiça Oliy taʼlimning DTS (Davlat taʼlim standartlari)lariga muvofiq tuzilgan ōquv rejalarida belgilangan
 ⦁ maʼruzalar;
 ⦁ amaliy maşḡulotlar;
 ⦁ labaratoriyalar va boşqa turdagi maşḡulotlarni yuksak nazariy, ilmiy  uslubiy va kasbiy darajada ōtkaziş;
 1.2. Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga, bitiruv malakaviy işlariga, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qiliş, talabalar bilimini baholaşning reyting nazoratini   joriy etiş va mustaqil işlarni taşkil etiş bōyiça tadbirlar ōtkaziş;
 1.3. Kafedra fanlari bōyiça ōquv dasturlarini işlab çiqiş va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etiş, şuningdek, turdoş kafedralar tomonidan tayyorlangan ōquv dasturlariga     taqriz va xulosalar tayyorlaş;
 1.4. Darslik, ōquv qōllanma, uslubiy va metodik kōrsatmalarni tayyorlaş;
 1.5. Iqtidorli talabalar bilan işlaş, ularni olimpiada va tanlovlarda iştirok etişga tayyorlaş;
 1.6. Belgilangan tartibda professor-ōqituvçilarning malakasini oşirişni taşkil etiş hamda ularning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruzalar bilan iştirok etişini   taʼminlaş;
 1.7. Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot işlarini olib boriş, tugallangan ilmiy tadqiqot işlarini muhokamadan ōtkaziş va ularning natijalarini amaliyotga joriy etiş,   talabalarning ilmiy-tadqiqot işlariga rahbarlik qiliş;
 1.8. Budjetdan taşqari mablaḡlarni jalb etiş, şuningdek ilmiy-texnikaviy yordam kōrsatiş maqsadida korxonalar va boşqa xōjaliklar bilan aloqa ōrnatiş;
 1.9. Oliy ōquv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajor-tadqiqotçi-izlanuvçilikni ōtaganlar monitoringini olib boriş hamda ular bilan muntazam aloqalarni taşkil etiş;
 1.10. Xorijiy hamkorlik, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantiriş va hakozolar.
Kafedraning iş faoliyati 
 2.1. Kafedraning yillik iş rejasi bōlişi, rejada ōquv yili davomida professor-ōqituvçilar tomonidan amalga oşiriladigan işlar tōla qamrab olinişi lozim;
 2.2. Kafedraning iş rejasida kafedra majlisi bir oyda kamida ikki marta ōtkazilişi belgilangan bōlişi, uning kun tartibi va ōtkaziliş sanasi aks etişi lozim;
 2.3. Kafedrada ōtkazilgan majlis kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilinişi va majlis bayonnomasida qayd qilinişi lozim.