2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotining yangi tartibi joriy etiladi. 

04/01/2025

▪️Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:

➡️o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish amaliyoti va diplom oldi amaliyoti o‘rniga yagona ishlab chiqarish amaliyoti tizimi joriy etiladi;

➡️ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydigan o‘quvchilarga tegishli tashkilotlardagi malakali mutaxassislar “ustoz” sifatida biriktiriladi;

➡️o‘quvchilarning amaliyot jarayonida egallangan amaliy ko‘nikmalarini ish beruvchilar bilan birgalikda baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

▪️Shuningdek, qaror bilan “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ham tasdiqlandi.

▪️Nizom:

➖amaliyot dasturlarini tegishli tarmoq va soha korxonalari (tashkilotlari) bilan kelishilgan holda ishlab chiqish hamda tasdiqlash;

➖amaliyotni tegishli tarmoq va soha korxonalarida (tashkilotlarida) tashkil etish;

➖kasbiy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilarning amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalarini belgilaydi.