Fakultet dekani
TOŞBOBOYEV MAQSUD JALILOVIÇ
- Qabul vaqti: Duşanba – 10:00 dan 16:00 gaça, Juma – 09:00 dan 12:00gaça
- Telefon raqami: +998 76 228 08 27
- Içki raqam: 109
- Elektron poçta: m.jalilov@dtpi.uz
Ōquv işlari bōyiça dekan ōrinbosari
XURRAMOV XOLBEK XURRAM ŌḠLI
- Qabul vaqti: Har kuni 09:00 – 17:00 gaça
- Telefon raqami: +998 91 949 07 40
- Elektron poçta: xurramovxolbek2@gmail.com
Maʼnaviy-maʼrifiy işlar bōyiça dekan ōrinbosari
IBRAGIMOV ABDULLA ABDURAIMOVIÇ
- Qabul vaqti: Har kuni 09:00 – 17:00 gaça
- Elektron poçta: abdullaibragimov83@gmail.com
Oliy taʼlim muassasasi fakultet dekan lavozim vazifalari:
- fakultetda ōquv, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-uslubiy işlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- fakultetdagi mavjud bakalavriat taʼlim yōnalişlari va magistratura mutaxassisliklari bōyiça zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqişni taşkil etadi;
- institut va fakultet Kengaşi qarorlarining bajarilişini nazorat qiladi;
- fakultet boşqaruv kadrlari zahirasini yaratiş, tayyorlaş va ōqitişni amalga oşiradi;
- kasbiy etikani şakllantiriş masalalariga kengroq eʼtibor beradi, adolatli, fidoiy, vatanparvar va eʼtiqodli yoş kadrlarni tayyorlaşni taʼminlaydi;
- ōquv-tarbiyaviy jarayon, kredit-modul tizimiga kiriş haftaliklarini yuqori saviyada taşkil etiş, talabalarning tanişuv, malakaviy, pedagogik amaliyotlarini tōlaqonli ōtaşlari, bitiruv malakaviy işlari samaradorligi ustidan nazoratni amalga oşiradi;
- ōquv maşḡulotlari jadvalini tuzişga rahbarlik qiladi, uning bajarilişini hamda ōz vaqtida HEMIS axborot tizimiga kiritib borilişi, şuningdek, talabalar davomati uçun masʼul hisoblanadi;
- talabalarning mustaqil taʼlimi, şuningdek, ularning bilimini tegişli baholaş tizimi asosida nazoratni taşkil etadi;
- talabalarni semestrdan semestrga, kursdan kursga ōtkaziş, talabalar safidan çetlatiş, yakuniy nazoratlarga, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy işlarini himoya qilişga kiritiş, akademik taʼtil beriş va stipendiya tayinlaş tōḡrisidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bōlgan hollarda, ular sonini oşiriş bōyiça tizimli işlarni institut xalqaro aloqalar bōlimi bilan kelişilgan holda amalga oşiradi;
- turdoş taʼlim yōnalişlari va mutaxassisliklar bōyiça pedagog kadrlar tayyorlaydigan yetakçi OTMlar bilan talabalarning akademik mobilligi bōyiça ōzaro hamkorlik şartnomalarini tuzadi, talabalarni akademik mobillik bōyiça ōqişga yuboradi, qabul qiladi, tegişli hujjatlarni ōrnatilgan tartibda rasmiylaştiradi, akademik mobillik asosida taʼlim olayotgan talabalar uçun barça zaruriy şart-şaroitlarni yaratadi;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda taşkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni “ustoz-şogird” tizimi asosida salohiyatli professor-ōqituvçilarga biriktiradi, tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot işlarini individual va jamoa bōlib bajarişga ōrgatadi, talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini rōyobga çiqariş uçun zarur taşkiliy, uslubiy va moddiy-texnik şart-şaroitlar yaratadi:
- fakultetni tamomlagan kadrlarga bōlgan ehtiyoji mavjud bōlgan umumtaʼlim maktablari, maktabgaça taʼlim muassasalari, OAV tahririyatlari, turli taʼlim muassasalari bilan tanişuv, malakaviy, pedagogik amaliyotlarini ōtaş bōyiça şartnomalar imzolaydi va bekor qiladi:
- iqtidorli talabalarni Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, boşqa nomdor (jumladan, viloyat hokimi va rektor stipendiyasi) stipendiyalar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, “Yoş kitobxon” kōrik-tanlovi, fanlar bōyiça ōtkaziladigan olimpiadalar va boşqa tanlovlarda iştirok etişga tayyorlaş bilan boḡliq bōlgan tadbirlarni tizimli ravişda taşkil etadi;
- stajyor-tadqiqotçi-izlanuvçi va katta ilmiy xodim-izlanuvçi tayyorlaydigan OTMlar orqali fakultet uçun zarur bōlgan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaşni amalga oşiradi;
- professor-ōqituvçilar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş bōyiça işlarni muvofiqlaştiradi, alohida ōrnak kōrsatganlarni KPI tizimida raḡbatlantirişga tavsiya etadi;
- fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bōyiça, şu jumladan, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, ōquv va uslubiy qōllanmalarni tayyorlaşga umumiy rahbarlikni amalga oşiradi, xorijiy tillarni mukammal ōrganiş, xalqaro sertifikatlarga ega bōliş, kompyuter savodxonligi bōyiça maşḡulotlarni taşkil etadi;
- “Yilning eng yaxşi fakulteti” kōrik-tanlovida fakultetning faol iştirokini taʼminlaydi;
- fakultet Kengaşiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yiḡilişlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (şu jumladan, xorijiy mutaxassislar iştirokida) taşkil etadi;
- institutning marketing va talabalar amaliyoti bōlimi bilan uzviy hamkorlikda taşkilot va muassasalarning fakultetda tayyorlanayotgan malakali mutaxassislarga bōlgan ehtiyojini ōrganadi, avvalgi yillarda fakultetni tamomlagan bitiruvçilar bilan doimiy aloqa ōrnatadi, ularning amaliy işlari sifatini tahlil qilib boradi;
- taʼlim xizmatlarini taşkil etiş va amalga oşirişga masʼul hisoblanadi, byudjetdan taşqari mablaḡ topiş va undan ōquv maqsadlarida foydalanişni amalga oşiradi;
- fakultet ixtisosligi bōyiça maktabgaça va maktab taʼlim tizimida faoliyat kōrsatayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarning malaka oşirişini qonunçilikda belgilangan tartibda taşkil etadi;
- taʼlim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat va kadrlar isteʼmolçilari ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda işlab çiqilgan davlat taʼlim standartlari asosida şakllantiradi;
- taʼlim tizimida kadrlar tayyorlaş sifatiga taʼsir kōrsatadigan asosiy omillardan biri bōlgan axborot-resurs manbalari, jumladan xalqaro axborotlar bazasini kengaytiriş çoralarini kōradi;
- taʼlimni rivojlantiriş bōyiça ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarni tuzadi;
- talabalar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy işlarga rahbarlik qiladi, yoşlarning bōş vaqtlarini mazmunli ōtkaziş bōyiça “Beş taşabbus” doirasida tadbirlarni taşkil qiladi, talabalarning har xil norasmiy oqimlarga qōşilib qolişlarini oldini oladi;
- talabalar teatr studiyalari, raqs, futbol, voleybol, basketbol, adabiy tōgaraklari faoliyatini taşkil etiş, ularning tizimli işlaşi uçun şart-şaroitlar yaratadi;
- talabalar orasida ōquv intizomini yaxşilaş, ular akademik faolligini oşirişga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga joriy qiladi;
- fakultet jamoasi va talabalari orasida rasmiy hamda norasmiy munosabatlarda ōzaro işonç va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyḡularini şakllantiradi;
- ōquv-tarbiya tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etilişini nazorat qiladi;
- fakultet Kengaşi huzurida ustozlar tajribasini ōrganiş, yangi taʼlim texnologiyalarini joriy qiliş va malaka oşirib kelgan professor-ōqituvçilar hisobotlarini muhokama qiliş hamda ommalaştiriş bōyiça seminarlar taşkil etadi.