DTPI xodimlari «Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt» kursini muvaffaqiyatli tamomladi

27/11/2026

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi topshirig’i va Raqamli texnologiyalar vazirligining xatiga ko’ra, davlat xizmatchilari sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va qo’llash bo’yicha malaka oshirmoqda.

Shu doirada 26–27-noyabr kunlari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida viloyat hokimligi tashabbusi bilan malaka oshirish kursi bo’lib o’tdi. Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xodimlari ham qatnashdi.

📚 Kurs dasturi:

🔹 Sun’iy intellekt asoslari

🔹 Prompt-muhandislik

🔹 AI-vositalar bilan amaliy ishlash

🔹 Sun’iy intellektdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish

✅ Kurs yakunida ishtirokchi xodimlarimizga USTUDY IT ta’lim berish markazining sertifikatlari topshirildi.

Olingan bilim va ko’nikmalar institutdagi ta’lim jarayoni, ish yuritish va boshqaruvda sun’iy intellekt vositalarini samarali qo’llashga xizmat qiladi.