BANK SOHASI VAKILLARI VA BITIRUVCHI TALABALAR UCHRASHUVI

26/11/2026

“WORKSHOP” — KELAJAKDAGI BANKIRLAR BILAN MULOQOT!
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va bank ishi kafedrasi hamda Karyera markazi hamkorligida 2026–2027-o‘quv yilida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda bank-moliya tizimida munosib ish o‘rinlarini egallashlariga ko‘maklashish maqsadida bank sohasi vakillari bilan “WORKSHOP” dasturi doirasida uchrashuv tashkil etilmoqda.
📅 Sana: 2026-yil 27-noyabr
🕙 Vaqt: soat 10:00
📍 Manzil: Denov tumani, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, institut faollar zali.
🤝 UCHRASHUVNING ASOSIY YO‘NALISHLARI:
Bank tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlar bilan tanishish;
2026–2027-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarini ishga qabul qilish imkoniyatlarini muhokama qilish;
Bank sohasi mutaxassislari bilan bevosita muloqot va tajriba almashish;
Yosh mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy talablar haqida ma’lumot olish;
Karyera markazi ko‘magida bitiruvchilarni ish beruvchi tashkilotlar bilan bog‘lash va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish;
Institut, Karyera markazi va bank muassasalari o‘rtasida istiqbolli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
🎯 Bosh maqsad — Moliya va bank ishi kafedrasi bitiruvchilarining bilim va salohiyatini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni bank-moliya tizimida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga ko‘maklashish!
🌟 Bugungi bitiruvchi — ertangi malakali bank mutaxassisi!