“Uzbekistan Youth in Science” ilmiy loyihamizning dastlabki 45 nafar ishtirokchisi saralab olindi!
27/11/2026
🎓 Ilm-fanga qiziqadigan, yuqori natijalarga erishayotgan hamda kelajakda o‘z ilmiy faoliyatini xalqaro darajada rivojlantirishni maqsad qilgan iqtidorli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Uzbekistan Youth in Science” ilmiy loyihamiz doirasida ishtirokchilarni saralash jarayonining dastlabki natijalarini e’lon qilamiz!
📑 Loyihamizda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalar va nomzodlarning akademik, ilmiy hamda boshqa yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar loyiha reglamenti va belgilangan talablar asosida ko‘rib chiqildi.
🏆 Saralash natijalariga ko‘ra, taqdim etilgan hujjatlari va erishgan yutuqlari asosida 45 nafar iqtidorli yoshimiz loyihada ishtirok etishga munosib deb topildi.
🎁 Saralab olingan 45 nafar ishtirokchimizning har biriga 1 500 000 so‘mlik grant ajratiladi. Ushbu grantlar orqali ishtirokchilarimiz loyihamiz doirasida tashkil etiladigan ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarda bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📚 Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarimiz Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, ilmiy maqolalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish jarayonlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
📋 Grant sohibi bo‘lgan 45 nafar ishtirokchimizning ro‘yxati yuqorida taqdim etilgan.
🌱 Ishonamizki, ushbu loyiha yoshlarimizning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning xalqaro ilmiy maydonga kirib borishi hamda kelajakda yurtimiz ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shishida muhim qadam bo‘ladi.
🎉 Barcha grant sohiblarini samimiy tabriklaymiz! Ilm-fan yo‘lidagi kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!