Surxondaryoda ta’lim sifati, ilm-fan rivoji va ijtimoiy soha natijadorligi böyiça ustuvor vazifalar belgilandi
27/11/2026
Ta’lim sifatini oşiriş, maktab va oliy ta’lim muassasalarida öqitiş samaradorligini kuçaytiriş, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etiş, şuningdek, tibbiyot va ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxşilaş — bugungi kunning muhim vazifalaridir. Bu borada mavjud muammolarni aniqlaşning özi yetarli emas, ularning yeçimi va amaliy natijasini ta’minlaş talab etiladi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov raisligida Surxondaryo viloyatida ta’lim, ilm-fan, soğliqni saqlaş va ijtimoiy sohalarda belgilangan vazifalar ijrosiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Termiz davlat pedagogika institutida ötkazilgan yiğilişda maktabgaça va maktab ta’limi, oliy ta’lim muassasalari, soğliqni saqlaş hamda ijtimoiy soha taşkilotlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mas’ullari iştirok etdi. Şuningdek, hududiy studiyalar orqali tegişli mutasaddilar videokonferentsaloqa orqali qatnaşdi.
Yiğilişda, avvalo, ta’lim muassasalarida öqitiş sifati va samaradorligi, pedagog kadrlar salohiyati, öquvçilar va talabalar bilimini oşiriş, oliy ta’lim, ilm-fan hamda işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
Şu bilan birga, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxşilaş, soğliqni saqlaş tizimidagi muammolarni bartaraf etiş, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan işlar muhokama qilindi.
Sohalarda yölga qöyilgan ijobiy tajribalarni ommalaştiriş, samara bermayotgan iş usullarini qayta körib çiqiş hamda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş masalalari ham kun tartibidan örin oldi.
Muhokamalar yakunida sohalar, tarmoqlar va hududlar kesimida ustuvor vazifalar belgilab berildi. Mas’ul rahbarlarga har bir yönaliş böyiça mavjud muammolarni manzilli hal etiş, belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş va erişilgan natijalar uçun şaxsiy mas’uliyatni kuçaytiriş yuzasidan körsatmalar berildi.