MALAYZIYALIK OLIMLAR DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA!

16/11/2026

🌍 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish maqsadida Malayziyaning Universiti Utara Malaysia (UUM) universiteti olimlari tashrif buyurdi.
👩‍🏫 Tashrif buyurgan olimlar:
🔹 Prof. Dr. Hasniza binti Nordin — dotsent (Associate Professor);
🔹 Dr. Nor Ain binti Mohamad Hadis — katta o‘qituvchi (Senior Lecturer).
📚 16–18-noyabr kunlari xorijiy mutaxassislar tomonidan institutning Pedagogika fakultetida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, bolalar psixologiyasi, inklyuziv ta’lim hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’limda samarali foydalanish bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🤝 Mazkur tashrif professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.