Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Davlat bayrog‘ining 35 yilligi keng nishonlandi.
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 35 yilligi munosabati bilan institutning Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori O.Ruziyev ochib berib, yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida Davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda milliy mustaqilligimiz va suverenitetimiz ramzi sifatidagi yuksak maqomi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida Davlat bayrog‘ining mazmun-mohiyati, undagi ranglar va ramzlarning teran ma’nosi, xalqimizning ezgu orzu-intilishlari hamda milliy qadriyatlarimiz bilan chambarchas bog‘liqligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash hamda yurt taqdiriga daxldorlik hissini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida uning faol ishtirokchilari institut rektorining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🇺🇿 Zero, Davlat bayrog‘i — ozodligimiz, milliy g‘ururimiz, xalqimiz birdamligi va Vatanimiz sha’nining yorqin timsolidir!