XOTIN-QIZLAR BO'YICHA MASLAHAT KENGASH RAISI
Xotin-qizlar bo'yicha maslahat kengash raisi
Xasanova Nodira Ibragimovna
- Qabul vaqti: Duşanba, Çorşanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gaça
- Telefon raqami: +998 91 574 94 50
- Elektron poçta: xasanovaofficle@gmail.com
1. Xotin qizlar maslahat kengashi faoliyati
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy- ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PK-4602-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 17-iyundagi Xotin-qizlar bo‘yicha maslahat-kengashlarini tuzish to‘g‘risidagi 326-buyrug‘i asosida olib boradi.
Institutitda 4 ta fakultetda xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Institut ilmiy kengashining qaroriga muvofiq institutit xotin-qizlar maslahat kengashi raisi hamda barcha fakultetlar xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilariga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha haq to‘lanadi. Institut xotin-qizlar kengashi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 17 iyun № 326 – buyrug‘iga asosan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021yil 13 dekabr № 518 buyrug‘iga asosan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi maqomi berilgan.
Bugungi kunda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiti jamoasida 225 nafar ayollar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ulardan: 123 ta professor- o‘qituvchilar bo‘lib, 102 nafar xodima ayollarni tashkil etadi.
Jami talaba qizlarimiz soni 5712 tani tashkil etadi.Shundan kunduzga 3996 tasi kunduzgi ta’limda, 332 nafari magistratura yo’nalishida tahsil oladilar.
Instutut xotin-qizlar kengashining nizomi mavjud bo‘lib, ushbu nizom bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Xotin-qizlar kengashi universitetda faoliyat yurituvchi jamoat tuzilmasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Instutut Xotin-qizlar kengashining asosiy maqsadi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-qizlarning jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy hayotidagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kasbiy mahorati va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Shuningdek, Kengash milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, vatanparvar, mustaqil fikrlaydigan, yurt ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratadi. Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, oilada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, turli salbiy illatlarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, shuningdek, madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rnini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish, salomatligini muhofaza qilish hamda salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Xotin-qizlarning oilaviy va kasbiy faoliyatini uyg‘unlashtirishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi, ilm-fan, ta’lim, tadbirkorlik va boshqa sohalarda o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi mamlakatda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi”.
Darhaqiqat, bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayollar mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar, ilmiy-texnik taraqqiyot, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning faol ishtirokchilariga aylanmoqda.
Xotin-qizlar jamiyatimizning katta ijtimoiy qatlamini tashkil etib, iqtisodiyot, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish, xorijiy tillarni o‘rganish, tarjimonlik, ish yuritish, moliya va hisob-kitob sohalarida ayollarning faolligi tobora ortib bormoqda.
Shu nuqtayi nazardan, instutut Xotin-qizlar kengashi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-qizlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ilmiy va kasbiy yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash, huquqiy savodxonligini yuksaltirish hamda sog‘lom va farovon oilani shakllantirishga ko‘maklashishni o‘z faoliyatining muhim vazifalari sifatida belgilaydi. Kengash bundan buyon ham xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlash yo‘lida izchil faoliyat olib boradi.
- Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
- xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etadi;
- xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish va ularning fikrlarini tizimli monitoring qilish;
- xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlariga ko‘maklashadi;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordamlashadi;
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, ularni reabilitatsiya qilish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy takliflarni kiritadi;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug‘ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning hayot faoliyatlari va turmush tarzlarini keng targ‘ib qilish;
- xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- milliy va xalqaro qonunchilikda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir hujjatlar, standartlar va talablarning joriy etilishini ta’minlaydi va bevosita ishtirok etadi;
- tizimda samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritadi.
- Kengashning majburiyatlari
- kengash o‘z zimmasidagi vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
- – o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirish;
- – jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
- – fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
- – kengash Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Kengashning huquqlari
Kengash quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
- jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligini mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar kiritish;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Kengash vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
- xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida universitetda xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish;
- ta’lim muassasasidagi xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning roziligi bilan ularning uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart- sharoitlari bilan tanishish;
- kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
- yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, zarur hollarda ularga davlat organlari va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlarini hamda mahalla faollarini taklif etish.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.