E’lon

05/10/2026

Ta’limning kredit-modul tizimida kunduzgi, kechki, masofaviy, sirtqi ta’lim shakli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi, fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan, shuningdek, o‘qishini ko‘chirgan, tiklagan, akademik ta’tildan qaytgan 2-3-4-5-bosqich talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom”, institut “Akademik qoidalari”ning 9-bob, 80-81-82-bandlariga asosan akademik qarzdorliklarini 2026-2027 o‘quv yili kuzgi semestri mobaynida o‘z hisobidan qayta o‘qib, o‘zlashtirishlari uchun ruxsat berilmoqda.
Kuzgi semestr mobaynida qayta o‘qish 2026-yil 26-oktabr sanasidan 2026-yil 20-dekabrgacha tashkil etiladi.
Qayta o‘qish uchun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza berish va tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni (to‘lov haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilish muddati ham) amalga oshirish muddati – 2026-yil 24-oktabr sanasiga qadar etib belgilandi.
Eslatma: To‘lov ma’lumotnomasi taqdim etilgandan so‘ng HEMIS axborot tizimi orqali qayta o‘qish uchun ariza berish registrator ofisi menejerlari yordamida amalga oshiriladi. 
Qayta o‘qish shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov pulini to‘liq miqdorda va belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabalarning arizasiga rad javobi beriladi.
Manzil: Registrator ofisi (asosiy), Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona, tel.: 90 071 96 96, 91 234 90 90, 97 700 40 48, 90 922 96 23, 99 093 05 31
Registrator ofisi (tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti), Denov tumani, Bog‘ ko‘chasi, 112-uy, 1-qavat, 102-xona, tel.: 97 697 00 33, 97 843 44 90, 99 508 21 15
Registrator ofisi (pedagogika fakulteti), Sariosiyo tumani, Istiqlol ko‘chasi, 49-uy, 1-qavat, 109-xona, tel.: 90 645 69 33, 97 690 68 89, 99 711 06 80
            https://t.me/dtpi_registrator_office_bot