“Birlaşib, buyuk tarix yaratamiz”

29/09/2026

Sariosiyo tumanida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy seminari ōtkazildi.

Seminarning dastlabki manzili — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Faollar zali” bōldi. Seminarni Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat Markazi Sariosiyo tuman bōlinmasi rahbari H. Normatov va “Nuroniy” jamḡarmasi raisi S. Qosimov oçib berdilar.

Unda sōng Maʼrifat tarḡibotçilari jamiyati aʼzolari tomonidan davlatimiz rahbarining Mustaqillikning 35 yilligiga baḡişlangan maʼruzasida belgilangan 7 ta ustuvor yōnaliş mazmun-mohiyati tarḡib qilindi.

Tadbirda umumtaʼlim maktablari MMIBDŌlari hamda korxona va taşkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy sohaga masʼul xodimlari iştirok etdi.